1

Buyuk Ipak yo`lining Zarafshon – Qoraqum koridori YuNESKO ro`yxatiga kiritildi

Madaniyat 18.09.2023, 14:05
Buyuk Ipak yo`lining Zarafshon – Qoraqum koridori YuNESKO ro`yxatiga kiritildi

2023 yil 10-25 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida YuNESKO Jahon merosi qo`mitasining 45-sessiyasi bo`lib o`tmoqda.

Sessiya davomida Buyuk Ipak yo`lining Zarafshon – Qoraqum koridori Umumjahon merosi ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi xabar berdi. 

Umumhajon merosi ro`yxatiga kiritilgan “Ipak yo`li. Zarafshon-Qoraqum koridori” uch davlatda joylashgan 31 ta obektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O`zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.

Turli davrlardagi barcha obektlar tarixdagi eng muhim savdo yo`llaridan biri - Ipak yo`lida joylashgan bo`lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.

O`zbekiston “Buyuk ipak yo`lining Zarafshon – Qoraqum koridori” nominasiyasini taqdim etish bo`yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1