Dumaloq yuz sohibalari
Uzun, uchburchak va romb shaklidagi ziraklarga ixitiyor bering. Aylana ziraklarni tanlamaganingiz ma`qul.
Oval yuzli qizlar
Sizga har qanday shakldagi va uzunlikdagi ziraklarni taqsangiz ham yarashadi. Bu borada o`zingizni cheklamang.
Yuzi yurakcha shaklidagi ayollar uchun
Uzun sirg`alar bilan yuzingiz shakliga urg`u bersangiz yanada yaxshi bo`ladi.
To`rtburchak chehralarga
Tanlovingizni ikki turdagi ziraklarga qaratasiz: dumaloq va quloqqa yopishib turadigan shakldagilari chiroyingizni yanada ochadi.
Romb shaklidagi yuz sohibalari
Romb shaklidagi ziraklardan qochib, katta dumaloq ziraklardan tanlang.