Rahbarga yoqishning 11 usuli

SUG'DIYONA 25.10.2016, 10:28
Teglar: Ish beruvchi, Ish, Ayol
Rahbarga yoqishning 11 usuli
  • Yoqimli odam bo`ling! Xunuk so`zlardan, qo`pol harakatlardan va boshqa xatolardan xalos bo`ling. Laganbardorga aylanishga hojat yo`q.
  • Sizning o`rningizni hech kim bosolmasin! Eng muhim loyihalar ustida ishlang, sizni boshqalardan ajratib turadigan ishlarni o`rganing. Qo`shimcha malaka hech kimga zarar qilmaydi.
  • Xo`jayin uchun muhim narsa siz uchun ham muhim. Rahbaringiz uchun muhim hamma narsani o`zingiz uchun ham muhim deb biling. U bilan ish haqida suhbatlashing, fikrini biling. Biroq ular sizniki bilan bir xil bo`lishi shart emas.
  • Uni xabardor qilib turing! Rahbaringizga goh-gohida ko`rinib, bo`layotgan ishlardan boxabar eting. Yaxshisi qilingan ishlar haqida muntazam ravishda hisobot taqdim eting. 
  • Muammoni rahbarga etkazmay, hal qiling. Bunga erishishning eng yaxshi yo`li — ish jurnali tutib, hamma ishlaringizni yozib borish. Shundan so`ng ularga rahbariyat nazari bilan baho berish kerak. 
  • Xatolaringiz uchun uzr so`rashga tayyor turing. Hamma adashadi, siz ham istisno emassiz. Agar shunday bo`lgan bo`lsa, uzr so`rashga tayyor turing.
  • Hurmat qozoning. Ya`ni, mehnat qiling, ofisdagi g`iybatlar va bekorchi gap sotishlarga aralmashmang, xolis tanqidni qabul qiling. Agar siz o`zingizni hurmat qilib, ranjitishlariga yo`l qo`ymasangiz, rahbariyat ham xuddi shunday qiladi.
  • O`zingizni band ko`rsatish san`atini egallang. Ba`zan oldinda bo`lish uchun ozgina ayyorlik ishlatishga ham to`g`ri keladi. Aldamang, shunchaki boshliqqa band odamligingizni, doim qandaydir ish bilan shug`ullanishingizni bildirishingiz kerak.
  • To`g`ri munosabatda bo`ling. Xo`jayinga aynan nima kerakligini aniqlang. Unga moslashmang, eshitishni istagan gapini gapirmang. Chaqimchilik qilmang.
  • Ishni 100% bajaring. Rahbar bilan o`rtangizdagi munosabat ish sifatiga ta`sir qilmasligiga ahamiyat bering.
  • Shaxsiy hayotingizga suqilishiga yo`l qo`ymang! Ishni uyga olib kelmang, atrofdagi odamlardan ishdagi alamingizni olmang. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Germaniyadagi yangi ish o`rinlari haqida ma`lumot berildi

19.08.2021, 09:10

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda  Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qilmoqda.Bo`sh...
Germaniyada ishlash istagida bo`lganlarga muhim yangilik e`lon qilindi

17.08.2021, 15:33

 Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida oliy yoki o`rta-maxsus ma`lumotga ega fuqarolar ishga taklif qildi.Bo`sh...
Ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun to`langan soliq qoplab beriladi

24.07.2021, 19:29

Hukumat qarori bilan ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to`liq qoplab berish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1