AsosiyHi-tech

Apple muammo borligini tan oldi va iPhone 15'ning qizib ketish sabablarini oshkor qildi

'Apple muammo borligini tan oldi va iPhone 15'ning qizib ketish sabablarini oshkor qildi'ning rasmi

iPhone 15 egalari telefon qo`ng`iroqlari, video chatlar yoki o`yinlar paytida qurilma qizib ketishidan shikoyat qilishmorqda. Agar smartfon ham zaryad olayotgan bo`lsa, muammo yanada yomonlashadi. Foydalanuvchilarning so`zlariga ko`ra, telefonlar shunchalik qizib ketganki, ularni korpussiz ushlab bo`lmaydi. Bundan tashqari, shunga o`xshash xabarlar yangi smartfonning barcha modellari va versiyalari foydalanuvchilaridan keldi - asosiy iPhone 15 dan iPhone 15 Pro Maxgacha.

Apple muammo borligini tan oldi va qizib ketish sabablarini oshkor qildi, deb yozadi The Wall Street Journal kompaniya vakiliga tayanib.

Apple vakilining so`zlariga ko`ra, kompaniya yangi iPhone 15 kutilganidan ko`proq qizib ketishining bir qancha sabablarini aniqlagan.

iPhone 15 ning haddan tashqari qizib ketishining mumkin bo`lgan sabablari:

Odatiy sozlama - foydalanishning birinchi kunlarida iPhone ko`pincha odatdagidan qiziydi;

iOS’dagi xatolik – kompaniya mobil operasion tizimning keyingi yangilanishida tuzatiladigan xatolikni aniqladi;

Uchinchi tomon ilovalari iPhone 15 tizimini ortiqcha yuklaydigan o`rnatilgan ilovalardir.

Applening qo`llab-quvvatlash sahifasida aytilishicha, agar smartfon haddan tashqari qizib ketsa, ichki komponentlar uchun himoya faollashadi, bu esa haroratni tartibga solish imkonini beradi. Misol uchun, iPhone zaryadlashni to`xtatadi (agar gadjet unga ulangan bo`lsa), shuningdek, displeyni xiralashtiradi, chirog`ni vaqtincha o`chiradi va ishlashni pasaytiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar