1

Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasi fuqarolik olish uchun arizalar qabul qilishni vaqtincha to`xtatdi

Siyosat 27.10.2023, 12:01
Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasi fuqarolik olish uchun arizalar qabul qilishni vaqtincha to`xtatdi

Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasi fuqarolikni rasmiylashtirishni vaqtinchalik to`xtatdi. Bu haqda elchixonaning telegram kanalida ma`lum qilingan. 

Elchixona xabariga ko`ra, 26 oktyabrdan boshlab “Rossiya Federasiyasi fuqaroligi to`g`risida”gi yangi qonun kuchga kirgan.

"Fuqarolik masalalari bo`yicha arizalarni qabul qilish (fuqarolikning mavjudligi/yo`qligi to`g`risida so`rovlar bundan mustasno) Fuqarolik masalalarini ko`rib chiqish tartibi to`g`risidagi nizom qabul qilingunga qadar to`xtatiladi", — deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiya Tergov qo`mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiya fuqaroligiga ega migrantlar urushda qatnashishdan bosh tortsa, ularni fuqarolikdan mahrum etishni taklif qilgandi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1