AsosiySiyosat

Prezident mudofaa salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Yig‘ilishda nimalar muhokama qilindi?

'Prezident mudofaa salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi'ning rasmi

Bugun, 3 mart kuni Shavkat Mirziyoyev huzurida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.Bugun, 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev huzurida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash, harbiy xavfsizligini ta’minlash masalalari, shuningdek, joriy yil 13 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Dunyoda keskinlik va mojarolar o‘choqlari saqlanib qolayotgani, geosiyosiy raqobat kuchayib, yangi xatar va tahdidlar xavfi ortib borayotgani ta’kidlandi. Ayrim mintaqalardagi harbiy harakatlar jiddiy gumanitar va iqtisodiy oqibatlarga olib kelayotgan notinch xalqaro vaziyat sharoitida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda xavfsizligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mudofaa vaziri qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish, qism va bo‘linmalarni tezkor tayyorlash, ularni zamonaviy qurol-yaroq va texnikalar bilan ta’minlash, harbiy-ma’muriy sektorlar infratuzilmasiini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi va jangovar harakatlar tajribasini o‘rganish, harbiy boshqaruv va tayyorgarlik tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qo‘shinlar samaradorligini oshirish uchun yangi texnologiyalar, jumladan, uchuvchisiz tizimlar va raqamli boshqaruv yechimlarini keng qo‘llash zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, harbiy-ma’muriy sektorlar, poligonlar, ta’lim muassasalari va moddiy-texnik ta’minot ob’yektlari infratuzilmasiini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni izchil davom ettirish, ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, zamonaviy qurol-yaroq va texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan dasturlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha yangi qarorlarni imzoladi'ning rasmi

    Siyosat 17.04.2026 13:22

    Mirziyoyev ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha yangi qarorlarni imzoladi

    Ushbu tashabbuslar doirasida qator yangi ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar joriy etiladi.

    'Oʻrta Chirchiqda portlash: bir oiladan 4 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Siyosat 17.04.2026 10:49

    Oʻrta Chirchiqda portlash: bir oiladan 4 kishi halok boʻldi

    Fojia tungi payt sodir bo‘lib, yong‘in ogir oqibatlarga olib kelgan.

    'To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi'ning rasmi

    Siyosat 14.04.2026 10:53

    To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi

    Unda nimalar haqida soʻz borgan?

    'Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 12.04.2026 17:29

    Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi

    Temuriylar buyuk merosini yanada chuqur o‘rganish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

    'Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 14:49

    Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari eksportbop mahsulot ishlab chiqarayotgan zamonaviy korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

    'To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 10:37

    To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Buxorodagi muqaddas ziyoratgohda duo qilindi.