1

Shavkat Mirziyoevning maxsus vakili Xitoy elchisi bilan uchrashdi

Siyosat 08.11.2023, 12:17
Shavkat Mirziyoevning maxsus vakili Xitoy elchisi bilan uchrashdi

O`zbekiston Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha  Xitoy elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.

TIV ma`lumotiga ko`ra, muloqot chog`ida Afg`oniston yo`nalishidagi O`zbekiston–Xitoy munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Afg`oniston inqirozini tinch yo`l bilan hal etish va ushbu mamlakatga imkon qadar tezroq gumanitar yordam ko`rsatish maqsadida Afg`onistonning eng yaqin qo`shnilari guruhiga a`zo davlatlar o`rtasidagi hamkorlik yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1