1

O`zbekiston so`nggi yillarda tashqi savdoni rivojlantirish borasida qanday yutuqlarga erishdi

Iqtisodiyot 11.11.2023, 16:51
O`zbekiston so`nggi yillarda tashqi savdoni rivojlantirish borasida qanday yutuqlarga erishdi

Keyingi yillarda tashqi savdo sohasi davlatimiz iqtisodiy rivojlanishining muhim shakllaridan biriga aylandi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizasiya qilish, iste`mol tovarlari ishlab chiqarish va turli xizmatlar ko`rsatishga xizmat qilmoqda. Ko`pincha eksportga yo`naltirilgan Evropadagi Germaniya yoki Osiyodagi Xitoy kabi ilg`or xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, aynan tashqi savdo davlatning iqtisodiy rivojlanishining dvigateliga aylanishi mumkin.

O`tgan qisqa muddatda O`zbekiston ushbu eksportga yo`naltirilgan modelni to`liq o`zlashtirib ko`pkina mamlakatlar bilan savdo hamkorlarini kuchaytirish va tashqi savdoni ko`paytirish bo`yicha faol qadamlar qo`ydi. Ushbu o`zgarishga sanoatdagi ishlarning holatini chuqur tahlil qilish yordam berdi.

2000-2015 yillarda ishlab chiqarishni modernizasiya va takomillashtirishga qaratilgan sa`y-harakatlarga qaramay, tabiiy resurslar O`zbekistonning asosiy eksport mahsuloti bo`lib qoldi. Cheklangan tashqi hamkorlar hisobga olinsa, bu O`zbekiston talab va narxlar o`zgarishiga nisbatan zaif bo`lib qoldi.

Ushbu davr mobaynida 10 ta etakchi hamkordan O`zbekiston faqat Afg`oniston bilan savdo balansida ijobiy saldoga ega bo`lgan bo`lsa, Rossiya, Xitoy, Evropa Ittifoqi va boshqa etakchi hamkor davlatlar bilan savdo taqchilligi saqlanib qolgan. Import qilinadigan asosiy tovarlar respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologiyalar, asbob-uskunalar va dori vositalari edi.

Shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy, sifatli va raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun etarli quvvat va texnologiyalar yo`qligi eksport imkoniyatlarimizni cheklab qo`ygan edi.

So`nggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar eksport holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. Shunday qilib, 2017-2021 yillarda mamlakat eksporti har yili 15 foizga o`sdi.

Bunda davlatimiz rahbarining respublika tashqi savdosi sohasidagi ishlar holatiga alohida e`tibor qaratgani katta rol o`ynadi. Prezidentimiz doimiy ravishda barcha vazirlik va idoralar hamda viloyatlar rahbarlari ishtirokida eksport va sarmoyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha muhokama yig`ilishlari o`tkazib kelmoqda. Xizmatlar eksporti ulushini oshirgan holda eksport tuzilmasini tubdan diversifikasiya qilish zarurligini qayta-qayta ta`kidlab, investisiyalarni jalb etish masalalari ko`rib chiqilmoqda. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga muntazam va qayta-qayta tashrif buyurib, ularda investisiya loyihalari va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini shaxsan ko`rib chiqadi.

O`z vaqtida ko`rilayotgan ushbu chora-tadbirlar tufayli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, investisiya loyihalari tashabbuskorlari va eksportyorlarni amaliy va moliyaviy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli mexanizmlar ishlab chiqildi. Umuman olganda, tashqi savdo erkinlashtirildi. Tarifsiz to`siqlar, turli aksiz soliqlari va milliy valyutaning konvertasiya qilinmasligi bartaraf etildi. Tashqi savdo faoliyatini olib borish sezilarli darajada soddalashtirildi.

Bunday o`zgarishlar qisqa muddat ichida o`z natijalarini berdi – iqtisodiy islohotlar xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalarini jadal rivojlanishiga yordam berdi. Jahon banki ma`lumotlariga ko`ra, agar 2016 yilda tovar va xizmatlar eksporti yalpi ichki mahsulotning 15 foizini tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda bu ko`rsatkich 31 foizga etgan. 2017-2022 yillarda respublikaning jami eksporti 95 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi, shundan 2022 yilda 19 milliard dollardan ortiq mahsulot eksport qilindi, bu 2016 yilga nisbatan 60 foizga ko`pdir.

So`nggi yillarda respublikada eksportni rag`batlantirish, importni optimallashtirish va umuman, muvozanatli tashqi savdoni ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimizda tashqi savdo aylanmasi 44,7 milliard dollarni tashkil etdi va o`tgan yilning shu davriga nisbatan 22,1 foizga o`sdi yoki 8,1 milliard dollarga ko`pdir.

“Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlar jahon bozorida tobora keng tarqalmoqda. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi dunyoning 204 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Rossiya Federasiyasi, Xitoy, Qozog`iston, Turkiya, Koreya Respublikasi, Qirg`iziston va Germaniya bilan qayd etilgan.

Shu bilan birga, eksport o`sishi yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan elektr jihozlari, tikuv va trikotaj mahsulotlari, kabel va simlar, qurilish materiallari kabi sanoat mahsulotlari hajmining ko`payishi hisobiga ta`minlandi.

Ayni paytda davlatimiz resurs-iqtisodiy imkoniyatlarimiz va inson salohiyatimizga mos keladigan jahon savdo tizimida o`zining munosib o`rnini topish maqsadida Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish bo`yicha faol muloqotni boshladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1