Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi.
Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, IIBB Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o`rganilib, to`y vaqtida yo`l harakati qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga halaqit berib, guruh-guruh bo`lib harakatlangan barcha transport vositalari haydovchilariga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.