Indoneziyada o`tkazilayotgan o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionati chorakfinalida o`zbekistonlik yoshlar fransiyalik tengqurlari bilan to`qnash kelib, so`nggi daqiqalarda o`tkazib yuborilgan gol evaziga mag`lubiyatga uchradi.
Fransiya 1:0 O`zbekiston. Gol: Buneb (83).
Shu tariqa Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi O`zbekiston o`smirlari mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani takrorlashdi, ammo yangilay olishmadi — 2011 yili Aleksey Evstafeev murabbiyligidagi yoshlar ham chorakfinalda to`xtashgandi.
25.11.2023 16:00
O`zbekiston U-17 Jahon chempionati chorak finalida musobaqadagi ishtirokini yakunladi
