1

Ulug`bek Rashitov va Svetlana Osipova Parij Olimpiadasida qatnashadi

Sport 04.12.2023, 12:57
Ulug`bek Rashitov va Svetlana Osipova Parij Olimpiadasida qatnashadi

Butunjahon taekvondo assosiasiyasi 3 dekabr kuni yangilangan reytingni e`lon qildi.

Reytingga ko`ra, hamyurtlarimiz Ulug`bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) lisenziya qo`lga kiritishdi. 

Ulug`bek Rashitov o`z vaznida 1-o`rinni egallab turgan bo`lsa, Svetlana Osipova 7-o`rinni band etdi. Ushbu vaznda ikki nafar Turkiya, ikki nafar Britaniya vakilasi bo`lgani uchun Osipova beshinchi lisenziya sohibasiga aylandi. 

Ma`lumot uchun, Olimpiadada bitta vazn toifasida bir mamlakatdan bir nafar sportchi ishtirok etishi mumkin.

Ma`lumot uchun, o`zbekistonlik sportchilarda hali Yakuniy "Katta dubulg`a" musobaqasi, shuningdek 2024 yilgi Osiyo lisenzion turnirlarida Parij Olimpiadasi uchun lisenziyalar qo`lga kiritish imkoniyati bor. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston sport delegasiyasining Parij Olimpiadasi uchun lisenziyalari soni 17 taga etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1