1

"Paxtakor" futbolchisi Angliya klubiga ijaraga berildi

Sport 31.01.2024, 19:50
"Paxtakor" futbolchisi Angliya klubiga ijaraga berildi

O`zbek futboli tarixida birinchi bor futbolchimiz O`zbekistondan Angliyaga to`g`ridan-to`g`ri yo`l oldi, deya xabar bermoqda "Paxatkor" klubi.

Unga ko`ra, "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O`rinboev faoliyatini APL ishtirokchisi "Brentford" klubida davom ettiradi.

Klublar o`rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30 iyunga qadar "Brentford"da ijarada asosida o`ynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo`ladi. 

O`rinboev "Paxtakor"da 17 yoshga to`lmasdan o`z debyutini o`tkazgan va o`z yosh toifasida terma jamoa a`zosi sanaladi. Shu tariqa iqtidorli futbolchilarni etishtirib chiqarishda davom etayotgan "Paxtakor" akademiyasining navbatdagi tarbiyalanuvchisi ham xorij chempionatiga yo`l oldi. Hozirgacha Angliyaning professional klublarida o`zbek futbolchisi faoliyat olib bormagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1