AsosiyJamiyat

Toshkentdagi tungi klubda PPX inspektori jarohat oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko`rsatayotganligini aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Toshkent shahar IIBB axborot xizmati holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi.

Qayd etilishicha, j oriy yilning 22 fevral kuni taxminan soat 23.30 larda Yunusobod tumanida joylashgan tungi klublardan birining oldida, 5 nafar (1991 y.t. B.X., 1992 y.t. N.Yo., 1991 y.t. Sh.J., 1974 y.t. M.I. va 1992 y.t. Sh.O.) shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, jamoat joyida mast holatda baqir-chaqir qilishib, fuqarolarning osoyishtaligini buzishgan. Hodisa joyiga mazkur hududga jalb qilingan PPX xodimlari etib kelib, ushbu fuqarolarni tinchlantirib, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tuman IIO FMBga borishlarini taklif qilishgan. Biroq, fuqarolar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko`rsatishgan. Natijada PPX inspektori D.Tolipov jarohat olgan.  

Mazkur holat yuzasidan to`plangan hujjatlar Yunusobod tumani prokuraturasiga taqdim etilgan bo`lib, tergovga qadar tekshiruv yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Uch viloyatda 18 mingdan ortiq giyohvandlik o‘simligi yo‘q qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:13

    'O‘rik qoqisi orasiga yashirilgan 13 kilogramm geroin chegarada aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:11

    O‘rik qoqisi orasiga yashirilgan 13 kilogramm geroin chegarada aniqlandi

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:03

    'O‘zbekistonda 4 ming yil avvalgi bola bosh suyagida trepanatsiya izlari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:01

    O‘zbekistonda 4 ming yil avvalgi bola bosh suyagida trepanatsiya izlari aniqlandi

    Olimlar ta'kidlashicha, ushbu kashfiyot qator savollarni ham keltirib chiqaradi.