AsosiyJamiyat

Xorazmda 1,4 mlrd so`m kreditni noqonuniy xorijga olib chiqqan shaxslar aniqlandi

'Xorazmda 1,4 mlrd so`m kreditni noqonuniy xorijga olib chiqqan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.D.” oilaviy korxonasi mas`ul shaxslari davlat kafolati ostida olingan kredit mablag`lari hisobidan import qilingan parranda boqish uskunalarining narxini sun`iy ravishda oshirib, aslida bozor bahosi 1,1 mlrd so`m bo`lgan 25,9 ming parranda boqishga mo`ljallangan uskunalarni go`yoki 50 ming bosh parranda boqishga mo`ljallanganligini ko`rsatib, hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 2,5 mlrd so`m kreditni “Sh.Y.” xorijiy kompaniyasiga o`tkazishga erishib, jami 1,4 mlrd so`m kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar