AsosiyJamiyat

Boysundagi xonadondan 4 kishining jasadi chiqdi

'Boysundagi xonadondan 4 kishining jasadi chiqdi'ning rasmi

Surxondaryoda bir oilaning 4 a`zosi vafot etdi.  Bu haqda “darakchi.uz” manbasi xabar qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, 25 fevral kuni Boysun tumanidagi xonadondan 44 yoshli erkak va uning voyaga etmagan 3 nafar farzandining jasadi topilgan, uy bekasi va yana bir qiz farzandlari hushsiz holda tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Fuqarolarning yashash uyi xom g`ishtdan qurilgan bo`lib, yashash uyini isitishda qo`lbola usulda yasalgan ko`mir va o`tin uchun muljallangan pechdan foydalanilgan.

Fuqarolar "Noma`lum etiologiyali zaharlanish" oqibatida vafot etganligi taxmin qilinmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar