AsosiyJamiyat

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doi...

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o`tkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy bosqichni boshlab bergan Ittifoqchilik munosabatlari to`g`risidagi shartnomani imzoladilar.

 

Prezidentlarning farmonlari bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor bo`lgan ikki mamlakat madaniyat va san`at arboblaridan bir guruhini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Etakchilar birgalikda “Do`stlik oqshomi” konsert dasturini tomosha qildilar.

Bugun Prezidentimiz Tojikiston Parlamenti quyi palatasi Raisi Mahmadtoir Zokirzoda va Bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar o`tkazdi.

Davlat rahbarlari mamlakatimizning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochib berdilar hamda O`zbekiston sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdilar.

 

Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Prezident Emomali Rahmon kuzatib qo`ydi. Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentga qaytib keldi.

Boshqa yangiliklar