AsosiyDunyo

Turkiyadagi o`zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

'Turkiyadagi o`zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi'ning rasmi

Turkiya hududida bo`lgan o`zbekistonliklar ogohlikka  chaqirildi. Bu haqda Istanbul Boshkonsulxonasi xabar berdi. 

Xabar berilishicha, Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan biri:

  • onlayn savdo orqali bergan buyurtmani bekor qilgandan keyin o`zini advokat deb sud, kargo xarajatlarini undirish;  
  • telefon orqali o`zini polisiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, sizning hisobingizdan xorijdagi jinoiy yoki terrorchi guruhlarga to`lov amalga oshirilganligini aytib, asl jinoyatchini ushlash maqsadida yangi bir hisob raqamiga pul o`tkazish.

Bunday firibgarlar ma`lumotlarni olib fuqarolarning o`zlariga qarshi ishlatishi, firibgarlik va ishontirishda psixologik vositalardan foydalanishi yuzasidan harakat qilayotgani ma`lum bo`lmoqda.  

“Vatandoshlarimizdan onlayn ravishda berilgan buyurtmani bekor qilishda belgilangan tartibda (iade) qaytarish, telefon orqali o`zini polisiya, sud, maxsus kuch xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ma`lumot bermaslik, o`rnatilgan tartibda chaqirishlarini talab etishlarini tavsiya etib qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar