AsosiyJamiyat

May oyigacha elektrga to`lov qilinsa, narxlar eski tarifda hisoblanadi

'May oyigacha elektrga to`lov qilinsa, narxlar eski tarifda hisoblanadi'ning rasmi

1 maygacha hisob raqam to`ldirib qo`yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo`yicha 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi. 

Yangi qoidaga ko`ra, 1 maydan boshlab, aholi energoresurslar uchun ijtimoiy norma asosida tabaqalashtirilgan tartibda haq to`lay boshlashi kerak.

Ammo, Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari» haqidagi qarori bilan maishiy iste`molchi o`z xohishiga ko`ra, 2 oydan ko`p bo`lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to`lab qo`yishi mumkin va bunda tarif o`zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

«Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari»ning 102-bandiga ko`ra «Tariflar o`zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to`lovni amalga oshirgan iste`molchi ikki oydan ortiq bo`lmagan muddatga qo`shimcha to`lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinishi belgilangan. 1 mayga qadar to`lov qilgan haqdor abonentlarga 2 oy muddat mobaynida eski tarif qoidalari amal qiladi.

Masalan, siz elektr energiyasi uchun 30 aprel sanasida 1 million 100 ming so`m to`lab qo`ysangiz va may oyida 1 000 kVt·soat elektr energiyasi yoqsangiz, sizning shaxsiy hisob raqamingizdan 200 kVt·soat uchun 59 ming so`m (295 so`mdan), 800 kVt·soat uchun esa 472 ming so`m (590 so`mdan), jami 531 ming so`m echib olinadi. Iyun oyida xuddi shu tartib davom etadi.

1 iyul holatiga 38 ming so`m pul bilan o`tasiz hamda shu kundan e`tiboran 1 kVt·soat uchun sizdan 450 so`m echib olina boshlaydi.

Ammo qarzdor yoki may oyining boshidayoq shaxsiy hisob raqamida mablag`i tugab, yangi to`lovni amalga oshirishga majbur bo`lgan abonentlar uchun tarif o`zgaradi hamda ular yangi to`lov bilan tegishli ravishda 450/650 – 1000/1500 so`mdan haq to`lashni boshlaydilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar