AsosiyJamiyat
1133

Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

'Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)'ning rasmi

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 

2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara narxi o`rtacha 0,61 foizga, to`liq ta`mirlangan uy-joylar ijara narxi esa o`rtacha 0,76 foizga pasaygan.

O`rtacha ta`mirlangan uy-joy ijarasi:

2024 yil mart oyida bu toifadagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari fevral oyiga nisbatan o`rtacha 0,6 foizga pasayib, 391 dollarni tashkil etgan bo`lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari 1,2 foizga arzonlab, o`rtacha 436 dollargacha tushdi. Shuningdek, o`rtacha ta`mirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari mos ravishda 0,2 foiz va 0,4 foizga pasayib, o`rtacha narxlar 513 dollar va 591 dollarni tashkil etdi.

O`rtacha ta`mirlangan uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 354 dollar, 2 xonali — 386 dollar, 3 xonali — 435 dollar, 4 xonali — 441 dollar), Olmazor (1 xonali — 359 dollar, 2 xonali — 414 dollar, 3 xonali — 454 dollar, 4 xonali — 489 dollar) tumanlarida taklif etilgan bo`lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali — 463 dollar, 2 xonali — 518 dollar, 3 xonali — 620 dollar, 4 xonali — 819 dollar) va Shayxontohur (1 xonali — 437 dollar, 2 xonali — 456 dollar, 3 xonali — 537 dollar, 4 xonali — 624 dollar) tumanlarida kuzatildi.

To`liq ta`mirlangan uylar ijara narxlari:

Mart oyida to`liq ta`mirlangan 1 xonali uylar uchun o`rtacha ijara narxlari 472 dollarni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 0,8 foizga tushgan bo`lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko`rsatkichlar mos ravishda 644 dollar va 1,1 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o`rtacha ijara narxlarida (788 dollar) ham biroz (0,3 foiz) tushish kuzatildi. Shuningdek, to`liq ta`mirlangan 4 xonali uylar o`rtacha ijara narxlari ham 0,9 foizga tushib, 909 dollargacha pasaygan.

To`liq ta`mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 394 dollar, 2 xonali — 449 dollar, 3 xonali — 556 dollar, 4 xonali — 646 dollar) va Uchtepa (1 xonali — 396 dollar, 2 xonali — 496 dollar, 3 xonali — 622 dollar, 4 xonali — 646 dollar) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali — 567 dollar, 2 xonali — 844 dollar, 3 xonali — 1024 dollar, 4 xonali — 1097 dollar) va Shayxontohur (1 xonali — 556 dollar, 2 xonali — 845 dollar, 3 xonali — 1050 dollar, 4 xonali — 1024 dollar) tumanlarida kuzatildi.

Ijara narxlari to`g`risidagi ma`lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to`plangan. Bunda 2024 yil fevral oyi uchun 51,5 ming va mart oyi chun 52,2 mingta ma`lumotdan foydalanilgan. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastgi 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriligan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar