AsosiyJamiyat

Devid Kemeron O`zbekistonga kelmoqchi

'Devid Kemeron O`zbekistonga kelmoqchi'ning rasmi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Tojikistonga keldi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida Kemeron Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvlarda Tojikiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, suv va iqlim muammolarini hal etish, mehnat migrasiyasi, davlatlar o`rtasidagi havo yo`llarini diversifikasiya qilish yo`nalishida mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Devid Kemeron Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, shu jumladan, O`zbekistonga ham kelishi kutilmoqda.

Lord Devid Kemeron Buyuk Britaniya va Markaziy Osiyo o`rtasidagi munosabatlarda "yangi davr" ni Rossiyaga savdo sanksiyalari qo`shni mamlakatlarda yonma-yon turishidan xavotirda bo`lgan mintaqaga tashrifi haqida e`lon qildi.

 

Boshqa yangiliklar