Joriy yilning 23-30 aprel kunlari kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining o`zgarishlari sababli respublikaning ayrim hududlarida qor ko`chish xavfi e`lon qilindi. Bu haqda O`zgidromet xabar berdi.
Qor ko`chish xavfi O`zbekistonning tog`li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda, jumladan:
• Toshkent viloyati: Bo`stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog`lari);
• Namangan viloyati: Pop tumanida e`lon qilindi.
Tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rish so`ralgan.