O`zbekiston respublika ijro hokimiyati organlari Yangi Toshkent shahri hududiga ko`chiriladi. 3 oy muddat ichida bu borada takliflar ishlab chiqilishi kerak.
Bu – “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident qarorida belgilandi.
Qarorga ko`ra, Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash (raisi – bosh vazir Abdulla Aripov) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yangi Toshkent shahri hududiga ko`chirish, ularning ma`muriy binolaridan samarali foydalanish va ularni sotishdan tushadigan mablag`larni ushbu hududda ma`muriy binolarni barpo etishga yo`naltirish yuzasidan 3 oy ichida taklif kiritishi lozim.