AsosiyJamiyat

Endi yo`lning belgilanmagan joyidan kesib o`tganlar ham kameraga tushadi

'Endi yo`lning belgilanmagan joyidan kesib o`tganlar ham kameraga tushadi'ning rasmi

Kameralar endi yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tayotgan fuqarolarni ham qayd etadi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Hukumat qaroriga asosan, foto va video qayd etish tizimi piyodalarni o`tkazmaslik va fuqarolarning yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tishi kabi qoidabuzarliklarni qayd etishi lozimligi belgilandi.

Piyodalar ham endi xushyorlikni oshirishi kerak. Aks holda u ham jarima to`lashiga to`g`ri keladi.

Yo`llarda harakat xavfsizligini samarali tashkil etish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 329-son qarori hamda “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalarni kiritish to`g`risida” 197-son Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi quyidagilarni qaror qiladi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 329-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-2026 yillarda temir yo`l transporti sohasini isloh qilish bo`yicha “yo`l xaritasi”ning 19-bandida temir yo`l kesishmalarida yo`l harakati qoidalarini nazorat qiluvchi “aqlli” qurilmalarni o`rnatish orqali xavfsizlik darajasini oshirish choralarini ko`rish;

“Xavfsiz yo`l va xavfsiz piyoda” respublika jamg`armasi hisobidan yo`l bo`yida joylashgan maktablar oldida, kamida to`rt tasmali yo`llardagi piyodalar o`tish joylarida hamda yo`l-transport hodisalari o`choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o`tkazmaslik va fuqarolarning yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o`rnatish;

2024 yil 1 iyuldan boshlab yo`l bo`yida joylashgan maktablar oldida, kamida to`rt tasmali yo`llardagi piyodalar o`tish joylarida, yo`l-transport hodisalari o`choqlarida, temir yo`l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yo`l va xavfsiz piyoda” respublika jamg`armasi mablag`lari hisobidan bosqichma-bosqich o`rnatiladi. 

Bunda:

  • maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo`l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadigan joylarga o`rnatiladi;
  • maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o`rnatiladigan joylar YHXX tomonidan yo`l harakati qoidalari buzilishlari hamda yo`l-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar