AsosiyJAMIYAT

Ko`ksaroyda Vladimir Putin tantanali kutib olindi

27 may kuni Ko`ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Ros...

27 may kuni Ko`ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.  

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko`tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida etakchilar faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiyalar a`zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so`ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar