AsosiyJamiyat

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga qabul tartiblari tasdiqlandi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga qabul tartiblari tasdiqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

2024-2025 o`quv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo`lgan 3 ta fan bo`yicha:

Ona tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.

Har biri uchun 1.1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Matematika – 10 ta savol.

Har biri uchun 1.1 balldan

Maksimal ball – 11 ball.

O`zbekiston tarixi – 10 ta savol.

Har biri uchun 1.1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Jami to`plash mumkin bo`lgan ball – 33 ball.

 Kasb va mutaxassisligiga mos bo`lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo`yicha:

1-fan – 30 ta savol.

Har biri uchun 3.1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan – 30 ta savol.

Har biri uchun 2.1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

Jami to`plash mumkin bo`lgan ball – 156 ball.

 5 ta fan bo`yicha maksimal ball 189.

    Boshqa yangiliklar