Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalari va yo‘llarda turli qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar beradi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Shirin ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan shubha uyg‘otgan Damas to‘xtatilgan vaqtda transport vositasi harakatlanishni davom ettirgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi ushlanib, uning mashinasi xolislar ishtirokida kechirilgan.
Haydovchini xolislar ishtirokida tekshirganimizda, fuqaroning paypog‘i ichidan oq kukunsimon modda topildi, deydi YPX inspektori.