AsosiyJinoyat

Qarshida hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Mansabdorlar yerni rasmiylashtirish uchun pul olgani fosh etildi.

'Qarshida hokim yordamchisi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahallada hokim yordamchisi bo‘lib ishlovchi shaxs fuqaroga yer maydonini xususiylashtirib berish evaziga 1000 AQSH dollar olgan vaqtida uslandi.

Tekshiruv davomida usbu pul shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berilmochi ekani aniqlandi, u ham pulni qabul qilayotganda qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar