AsosiyDUNYO

Rossiya fuqaroligiga ariza beruvchilar endi sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma topshiradi

Farmonda ayrim toifalar uchun istisnolar ham nazarda tutilgan.

'Rossiya fuqaroligiga ariza beruvchilar endi sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma topshiradi'ning rasmi

Rossiya fuqaroligini olish tartibiga yangi talab kiritildi. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.

Endilikda fuqarolik olish uchun ariza topshirayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar sudlanganlik holati mavjud emasligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim etishi shart bo'ladi.

Tegishli farmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan. Hujjatga ko'ra, ma'lumotnoma ariza beruvchining fuqaroligi mavjud bo'lgan davlatning vakolatli organi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bergan davlat tomonidan rasmiylashtirilishi lozim.

Shuningdek, ushbu hujjat Rossiya fuqaroligiga ariza topshirish sanasidan ko'pi bilan uch oy oldin olingan bo'lishi kerak.

Farmonda ayrim toifalar uchun istisnolar ham nazarda tutilgan. Xususan, 2028 yil 1 yanvargacha Rossiya hududiga ko'chib o'tgan Ukraina fuqarolari hamda Ukrainada doimiy yashab kelgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar mazkur talabdan ozod etiladi.

Rossiya qonunchiligiga ko'ra, og'ir yoki bartaraf etilmagan sudlanganlik holati, shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilganlik fuqarolik olish to'g'risidagi arizani rad etish uchun asos bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, Rossiya hukumati fuqarolik olish uchun undiriladigan davlat bojini ham oshirishni rejalashtirmoqda. Taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko'ra, boj miqdori amaldagi 4 200 rubldan 50 ming rublgacha oshirilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 13:19

    'Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida quyun yuz berdi, o‘nlab uylar vayron bo‘ldi'ning rasmi

    DUNYO 23.06.2026 15:12

    Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida quyun yuz berdi, o‘nlab uylar vayron bo‘ldi

    Tabiiy ofat oqibatida 16 kishi turli darajada jarohat olgan. Jabrlanganlardan biri qo‘li singan holda Nijniy Tagil shahridagi shifoxonaga yotqizilgan.

    'Fransiyada issiqdan qochmoqchi bo‘lgan 40 kishi cho‘kib ketdi'ning rasmi

    DUNYO 23.06.2026 13:40

    Fransiyada issiqdan qochmoqchi bo‘lgan 40 kishi cho‘kib ketdi

    Jazirama Yevropaning boshqa davlatlariga ham ta'sir qilmoqda. Italiyada 15 ta shahar uchun eng yuqori darajadagi xavf e'lon qilingan.

    'To'lov xatida Nensi Gutri o'g'irlab ketilgandan keyin vafot etgani aytilgan'ning rasmi

    DUNYO 23.06.2026 10:33

    To'lov xatida Nensi Gutri o'g'irlab ketilgandan keyin vafot etgani aytilgan

    AQSh ommaviy axborot vositalari manbalariga ko‘ra, birinchisi uni ozod qilish uchun millionlab bitkoin talab qilgan, ammo ikkinchisi uning vafot etganini aytgan.

    'AQSh sudyalari Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi qarorlarini keskin tanqid qildi'ning rasmi

    DUNYO 23.06.2026 04:50

    AQSh sudyalari Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi qarorlarini keskin tanqid qildi

    Ayni paytda Oq uy tanqidlarni rad etmoqda. Ikkinchi davr boshlanganidan buyon prezident farmonlari va boshqa qarorlar yuzasidan 800 dan ortiq da'vo arizasi berilgan.

    'Filippindagi maktabda yuz bergan otishmada uch nafar o‘quvchi halok bo‘ldi'ning rasmi

    DUNYO 22.06.2026 11:04

    Filippindagi maktabda yuz bergan otishmada uch nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Ma'lum qilinishicha, hodisa 22 iyun kuni ertalab Takloban shahridagi San Jose National High School maktabida sodir bo'lgan.