AsosiySport

Ravshan Ermatov og‘ir judolikka uchradi

Uning otasi Sayfiddin Ermatov vafot etdi.

'Ravshan Ermatov og‘ir judolikka uchradi'ning rasmi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Uzoq yillar davomida iqtidorli sportchilarni tayyorlagan, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan Sayfiddin Ermatovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari hamda oilasiga ta’ziya bildiramiz”,–deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Sayfiddin Gaziyevich Ermatov 1953 yil 22 fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Yillar davomida millionlar o‘yini bilan shug‘ullanib kelgan. Jumladan, “Paxtakor”, “Spartak” va “Avtomobilchi” jamoalarida to‘p surgan. Shundan so‘ng Sayfiddin Gaziyevich “Paxtakor” bolalar-o‘smirlar sport maktabi va xalq orasida “Chig‘atoy” nomi bilan mashhur bo‘lgan futbol bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futboldan saboq bergan. Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida samarali mehnat qilgan.

Shuningdek, tarkibida Server Jeparov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Yaroslav Krushelniskiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.

Boshqa yangiliklar

'Abduqodir Husanov “Barselona”ga o‘tadimi?'ning rasmi

Sport 02.05.2025 10:34

Abduqodir Husanov “Barselona”ga o‘tadimi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning “Barselona”ga ijaraga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga javob berdi.

'“Goal” "Oltin top" uchun da’vogarlar ro‘yxatini ochiqladi'ning rasmi

Sport 02.05.2025 08:48

“Goal” "Oltin top" uchun da’vogarlar ro‘yxatini ochiqladi

“PSJ” hujumchisi Usmon Dembele mukofotni qo‘lga kiritish uchun eng asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

'O‘zbekistonlik dzyudochi Osiyo chempioni bo‘ldi'ning rasmi

Sport 26.04.2025 20:53

O‘zbekistonlik dzyudochi Osiyo chempioni bo‘ldi

Ayni paytda Bangkokda Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

'Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi boshlanadi'ning rasmi

Sport 25.04.2025 11:43

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi boshlanadi

Bellashuvlarda 26 mamlakatdan kelgan 100 nafardan ortiq sportchi o‘z mahoratlarini namoyish etadi.

'Abduqodir Husanov “City”dan ketishi mumkin'ning rasmi

Sport 23.04.2025 09:25

Abduqodir Husanov “City”dan ketishi mumkin

Angliyaning “Manchester City” klubi himoyachi Abduqodir Husanov bilan vaqtincha xayrlashishga qaror qilmoqda.

'Shavkat Mirziyoyev o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi'ning rasmi

Sport 21.04.2025 16:30

Shavkat Mirziyoyev o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi

Shuningdek, o‘yinni Sport telekanalida sharhlaganlar “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.