AsosiyJamiyat

Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

'Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi'ning rasmi

19 sentyabr kuni Toshkent shahrining 2 tumanida gaz qisman o‘chiriladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" matbuot xizmati  xabar berdi.

Quyidagi manzillarda ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

Yangihayot tumani (19 sentyabr soat 10:00 dan 20 sentyabr 17:00 gacha)

• Yangi Darxon mahallasi: Navro‘z va O‘tmish Darxon ko‘chalari 115 ta yerli xonadon, 2 ta ulgurji iste’molchilar;

Mirzo Ulug‘bek tumani (19 sentyabr soat 10:00 dan 20 sentyabr 18:00 gacha)

• Mirzo Ulug‘bek tumani: "Alisherobod", "Zakovat", "Chingeldi", "Geofizika", "Iktidor" va "Ijodkor" mahallalaridagi 6000 ta yerli xonadon, 15 ta ko‘p qavatli uylardagi 800 ta xonadon, 100 ta ulgurji iste’molchilar.

Boshqa yangiliklar