AsosiyJamiyat

Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilarining ayrim xarajatlari qoplab beriladi

Prezident qarori bilan IT-Visa berish amaliyotini startap loyihalarning ta’sischilari va mutaxassislariga ham tatbiq etish nazarda tutilgan.

'Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilarining ayrim xarajatlari qoplab beriladi'ning rasmi

Prezident Qarorga ko‘ra, dastur ishtirokchilariga quyidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari qo‘llanadi:

  • qiymati 50 million AQSH dollaridan ko‘p bo‘lgan xorijiy venchur jamg‘armalardan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga mazkur investitsiyaga teng miqdorgacha bo‘lgan, biroq 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda investitsiya mablag‘larini ajratish;

quyidagi xarajatlarni qoplab berish:

  • 5 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritayotgan hamda kamida 100 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilgan yetakchi xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish;
  • inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizigacha bo‘lgan, biroq 50 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;
  • patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari;
  • venchur jamg‘arma tomonidan garov ta’minotisiz, asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 300 million so‘mgacha miqdorda startap loyihalarga qarz mablag‘larini ajratish;
  • IT-Visa berish amaliyotini startap loyihalarning ta’sischilari va mutaxassislariga ham tatbiq etish.

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:20

    'Kichik tadbirkorlar ko‘proq qaysi sohalarni afzal ko‘rishmoqda?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:07

    Kichik tadbirkorlar ko‘proq qaysi sohalarni afzal ko‘rishmoqda?

    Bugungi kunda O‘zbekistonda jami 399 031 ta kichik tadbirkorlik subyektlari mavjud.

    'Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:01

    Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi

    Raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

    'Zangiotada qoidabuzar "Jiguli" haydovchisi sabab YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:45

    Zangiotada qoidabuzar "Jiguli" haydovchisi sabab YTH sodir bo‘ldi

    15 yoshli yo‘lovchi jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

    'O‘zbekistonda ayol-uchuvchilar uchun maktab ochilishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:40

    O‘zbekistonda ayol-uchuvchilar uchun maktab ochilishi rejalashtirilmoqda

    Germaniyalik uchuvchi ayol Elli Danington Xiva uzra parvoz qilib o‘zining dunyo rekordini yangiladi.