Bugun, 4 aprel kuni A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida "Vodiy — Toshkent" yo‘nalishida harakatlangan "Cobalt" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan. Bu haqda Qamchiq maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga etib borgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqqan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.






