1

Oilaviy munosabatlaringiz necha bahoga loyiq?!

SUG'DIYONA 05.12.2016, 14:04
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
Oilaviy munosabatlaringiz necha bahoga loyiq?!

Ma`lum muddat birgalikda umr kechirgach, har qaysi er-xotin o`zlarining oilasi hammanikidan ham mustahkam va baxtli ekanligiga to`liq ishonadi. Bu ishonch esa munosabatlarni rivojlantirish hamda ularga yangilik kiritishga bo`lgan ishtiyoqni o`z-o`zidan pasaytiradi. Sizga taqdim etilayotgan test yordamida er-xotin munosabatlarining qay ahvolda ekanligi va unga nima etishmayotganini aniqlash mumkin. Natija to`g`ri chiqishi uchun juftliklar birgalikda testni echishlari lozim.

Eslatma

Har bir savolga uch javobdan birini berish lozim: «HA», «BA`ZAN» yoki «YO`Q».

SAVOLLAR

  • Erkaklar uchun

1. Bo`sh vaqtingizni yarmini bo`lsa-da, rafiqangiz bilan o`tkaza olasizmi?

2. Juftingizni maqtash, tahsinga sazovor ekanligini bildirish hamda bir og`iz shirin so`z aytish uchun hamma imkoniyatdan foydalanasizmi?

3. Ro`zg`or yuritish, pazandalik borasida rafiqangizni kamchiliklarini ko`rib, uni volidangiz yoki akangizning xotini bilan solishtirasizmi?

4. Xotiningizni intellektual hayotiga hech qiziqish bildirganmisiz? Masalan, o`qigan kitoblari yoki shunga o`xshash ishqibozliklari haqida so`raganmisiz?

5. Siz va oilangiz uchun qiladigan xizmatlariga minnatdorlik bildirib turasizmi?  Masalan, kir yuvish, dazmollash kabilar.

6. Jufti halolingiz boshqa erkaklar bilan suhbatlashishi va ular bilan do`stona munosabatda bo`lishiga rashk qilib, qarshilik bildirmaysizmi?

7. Begona kishilar va oila a`zolaringiz oldida rafiqangizga tanbeh berishdan  o`zingizni tiyib turish qo`lingizdan keladimi?

8. Hanuzgacha ayolingizga mehr va e`tiboringiz ramzi sifatida sovg`alar taqdim etib turasizmi, uni xursand qilishni unutmaysizmi?

9. Vaqti-vaqti bilan oilaning umumiy byudjetidan ma`lum miqdorda pul ajratib, uni rafiqangiz o`zi istagandek sarflashiga imkon berasizmi?

10. Xotiningizni bezovta qilayotgan muammolar bilan qanchalar tanishsiz? Murakkab vaziyatlarda uni qo`llab-quvvatlaysizmi? 

11. Rafiqangizni qarindoshlari va dugonalariga nisbatan mehringiz bo`lmasa-da, ayolingiz uchun ular bilan munosabatlarni saqlab qolishni ma`qul deb bilasizmi?

12.  Katta xaridlar oldidan turmush o`rtog`ingiz bilan maslahatlashasizmi?

13. Farzandlar tarbiyasini ayolingizga ishonib topshirganmisiz? 

  • Ayollar uchun

1. Jufti halolingizning qiziqishlari  va o`z oldiga qo`ygan maqsadlari siz uchun muhimmi?

2. Eringizni undan ko`ra omadliroq va hammaning e`tiborida bo`lgan erkaklar bilan solishtirib turasizmi?

3. Uyingiz shinam, qulay, saranjom-sarishta hamda fayzli bo`lishi uchun mehnat qilishga o`zingizda doim kuch topasizmi?

4. Turmush o`rtog`ingizni barcha ishlarida unga butunlay erkinlik berasizmi? Kuzatuvchi roli menga begona, deya olasizmi?

5. Xoh uy-ro`zg`or buyumi, xoh o`zingiz yoki farzandlar kiyim-kechagi bo`lsin, xullas, nima xarid qilsangiz ham, eringizning didi va xohishlarini inobatga olasizmi?

6. Bo`sh vaqtingizni eringizni qiziqishlarini hisobga olgan holda o`tkazasizmi?

7. Ma`lum bir masala yuzasidan fikr hamda qarashlar o`rtasida katta farq yuzaga kelsa, siz turmush o`rtog`ingizga yon bosa olasizmi? 

8. Eringiz bilan suhbatlashishga mavzu bo`lishi uchun yangiliklar, faktlar va dunyoda ro`y berayotgan boshqa voqea-hodisalar bilan qiziqib turasizmi?

9. Juftingizni do`stlari va tanishlarini tanqid qilishdan o`zingizni tiya olasizmi?

10. Taomnomani tuzishda uning fikri siz uchun muhimmi?

11. Qaynonangiz va eringizning boshqa qarindoshlari bilan ahilchilikda yashash uchun qo`lingizdan kelgancha harakat qilasizmi?

12. Bo`sh vaqtini taqsimlashi borasida sizdan hech dakki eshitganmi?

13. Moliyaviy qiyinchiliklarga bardosh bera olasizmi?

Yo`riqnoma

«HA» — 0 ball.

«BA`ZAN» — 1 ball.

«YO`Q» — 2 ball.

Test natijalari

«5» baho!

0-8 ball. Oilaviy hayotingiz hamda o`zaro munosabatingizga havas qilsa, arzigulik darajada, ya`ni a`lo! Yostiqdoshingiz siz bilan umr yo`lini bog`lagani uchun taqdiridan minnatdorligiga ishonavering! Fikringiz u uchun juda muhim. Juftingiz sizning qiyofangizda nafaqat sevimli yorini, balki, qiziqarli suhbatdosh, mehribon va g`amxo`r do`stni ham ko`radi.

«4» baho!

9-18 ball. O`rtangizdagi munosabat shunchalar turg`unki, dunyoni suv bossa ham, unda biror bir o`zgarish kuzatilmasa kerak. Negaki, mavjud holatdan har ikkingiz ham qoniqasiz va biror-bir yangilik kiritishdan o`zingizni tiyasiz. Ba`zan siz tomondan o`ta befarqlik ham kuzatiladi. Quvonarlisi, oilangizda xotirjamlik hukmron, tushunmovchiliklarga esa o`rin yo`q.

«3» baho!

19-26 ball. Oilangizdagi munosabatlarni zo`rma-zo`raki desa yolg`on bo`lmaydi. Juftlardan har biri bu holatdan qoniqish his qilmaydi. Ochig`i, o`rtalaringizda tushunmovchilik chuqur ildiz otgan. Hayotdagi hamrohingiz harakatlaringiz sababini tushunmaydi va ko`pincha sizni xudbinlikda ayblaydi. Bularning barchasi tez-tez yuzaga keluvchi janjallarga sabab bo`ladi. Natijada er-xotin oiladan tashqaridan halovatni izlaydi. Maslahatimiz, oilangizdagi holat haqida o`ylab ko`ring. Imkon qadar tezroq!

«2» baho!

27 dan yuqori ball. Ikkingizning ham o`z hayotingiz mavjud, bir-birini tushunish sizlar uchun mutlaqo yot narsa. Ehtimol, turmush o`rtog`ingizni oilasidan tashqarida yana bir yaqin insoni bordir. Eng g`alatisi esa, bu holat sizni ko`p ham tashvishlantirmaydi... Agar vaziyat shu tariqa davom etsa, oilaviy munosabatlaringiz ajrim yoqasiga kelib qoladi. O`limdan boshqa hamma narsani to`g`irlash mumkinligini unutmang! Asosiysi, istak bo`lsa bas! Oilangizni asrashga harakat qiling.

DILNOZA tayyorladi

 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1