AsosiyDunyo
7434

Kechasi ayfonni quvvatlantirishga qo`ygan qizning uyi yonib ketdi

Shimoliy Uleslik 15 yoshli Keytlin ismli qiz, kelajakda qo`liga smartfon olmasa kerak, deb xabar beradi “Nonbox.ru”  nashri.

O`sha kuni kechqurun Keytlin ayfonini quvvatlantirishga, karavotining ustiga qo`yib, uyquga ketdi. Quvvatlantiruvchi qurilmadan chiqqan uchqun yong`inga sabab bo`ldi. Tez yonuvchi predmetdan chiqqan yong`in butun xonaga tarqaldi. Yong`in shu darajada kuchli bo`ldiki, endi Keytlinning oilasi yaqin kunlarda o`z xonadonlariga qayta olmaydi. Bu hodisa boshqa odamning uyida ham ro`y berishi mumkin edi, chunki har birimiz ham aynan kechasi telefonimizni quvvatlantirishga qo`yamiz. O`t o`chiruvchilar brigadasi xodimlari qizning yong`indan oldingi va yong`indan keyingi holatini ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etib, barcha yong`in xavfsizligidan ogohlantirdi.

O`t o`chiruvchilar shunday kuchli yong`indan Keytlinning oilasi omon qolganligini mo``jiza, deb atashdi. Mutaxassislarning fikricha, uyni ta`mirlash uchun kamida 6 oy vaqt va katta mablag` kerak bo`ladi. Endi ular vaqtincha ijarada kun kechirishlariga to`g`ri keladi.

Bu voqea barchamizni ogohlikka chorlashi lozim. Mobil aloqa vositalarini nazoratsiz, kechasi quvvatlantirishga qo`ymaslikka harakat qiling. Keytlin uysiz bo`lsa ham, joni omon qoldi, bunday xato tufayli inson o`z umrini ham boy berishi mumkin.

Boshqa yangiliklar