AsosiyMadaniyat

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari boshchiligidagi delegatsiya  BBC axborot korporatsiyasida bo‘ldi

Londonda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi doirasida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Londondagi BBC axborot korporatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

'Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari boshchiligidagi delegatsiya  BBC axborot korporatsiyasida bo‘ldi'ning rasmi

Londonda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari boshchiligidagi delegatsiya  BBC axborot korporatsiyasida bo‘ldi.

Uchrashuvda teleradiokompaniyaning jahon xizmati ijrochi muharriri Mexfish Xusayn, tijoriy rivojlantirish bo‘limi mutasaddilari Fred Durman va Tamara Uollsh, BBC O‘zbek xizmati rahbari Xayrullo Fayz va boshqalar ishtirok etdi. Firdavs Abduxoliqov korporatsiya vakillariga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida ma’lumot berib, islom dinining insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar faoliyati va ilmiy merosi haqida birgalikda qisqa videolavhalar, filmlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni taklif qildi:

— Millionlab auditoriyaga ega bo‘lgan, dunyoning yetakchi axborot platformalaridan biri hisoblangan BBC bilan hamkorligimiz alohida e’tiborga loyiq, — dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori. —  Jumladan, bundan bir necha  yil muqaddam BBC bilan hamkorlikda suratga olingan “Katta Langar Qur’oni: sirlar va haqiqatlar” hujjatli filmi nafaqat O‘zbekistonda, balki, dunyo miqyosida katta auditoriyaning e’tiborini qozondi. Kinematografiya agentligi bilan birgalikda  yaratilgan “Usmon Qur’onining qaytishi” hujjatli filmi ham ana shu hamkorlikning o‘ziga xos mevasi bo‘ldi, deyish mumkin.  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan suratga olinishi  mo‘ljallanayotgan, Qur’oni karimning O‘zbekistonga oid qadimiy qo‘lyozmalari haqidagi medialoyihamiz ana shu hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘ladi, deya umid qilamiz.

Uchrashuvda bugun auditoriya, ayniqsa yosh avlod vakillari bilan ishlash, ularni qiziqtiradigan formatga mos kontent yaratish, turli zararli oqimlar va yot g‘oyalar ta’siridan himoyalash borasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Delegatsiya a’zolari BBC'ning O‘zbek xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Украинадаги урушда қатнашган ўзбекистонликка суд ҳукми ўқилди'ning rasmi

    Madaniyat 26.08.2025 15:00

    Украинадаги урушда қатнашган ўзбекистонликка суд ҳукми ўқилди

    Россия томонида урушга ихтиёрий қўшилган фуқаро 4 йилга озодликни чеклаш жазоси олди.

    'Jennifer Lopesning kontsertiga kirishdan oldin nimalarga e'tibor berish kerak?'ning rasmi

    Madaniyat 01.08.2025 17:32

    Jennifer Lopesning kontsertiga kirishdan oldin nimalarga e'tibor berish kerak?

    Here is the translation of your message into Uzbek using Latin script, maintaining the exact HTML structure: ```html Tashrif buyuruvchilar uchun muhim eslatmalar: chipta, xavfsizlik va taqiqlangan buyumlar haqida. ```

    'Ibrohim Totlisasning qizi politsiyani bosib ketmoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Madaniyat 28.07.2025 11:40

    Ibrohim Totlisasning qizi politsiyani bosib ketmoqchi bo‘ldi

    “Men Ibrohim Totlisasning qiziman!” — Dilan Chitak politsiyani ustiga mashina haydadi.

    'Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi'ning rasmi

    Madaniyat 10.07.2025 20:11

    Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi

    Muallif zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

    'Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi'ning rasmi

    Madaniyat 04.07.2025 17:26

    Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi

    Dunyo shou-biznesining eng mashhur juftliklari farzandlarini urish-janjalsiz muhitda tarbiyalash uchun bu qarorga kelganini aytgan.

    '"Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa'ning rasmi

    Madaniyat 10.06.2025 17:26

    "Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa

    "Shamolda qolgan hislarim" filmidagi "Onaxon"ning og‘riqli qismati.