AsosiyJamiyat

Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi.

'Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam'ning rasmi

Mazkur majmua davlatimiz rahbarining 2020 yil 28 yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan, o‘sha yili 17 aprelda uning qurilishiga tamal toshi qo‘yilgandi

Birinchi bosqichda qariyb 20 gektar maydonda texnopark barpo etilmoqda. U ma’muriy markaz, tadqiqot va rivojlanish markazi (R&D), farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasi, klinik tadqiqotlar markazi, Farmatsevtika texnik universiteti hamda vivariyni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda ma’muriy markaz qurib bitkazilgan. 11 qavatli ushbu binoda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, konferensiya zali, kovorking markazi, biznes inkubator, kutubxona, soha tarixi muzeyi joylashgan.

Davlatimiz rahbari ushbu markazni va navbatdagi inshootlar qurilishini ko‘zdan kechirdi. 

Klasterdan asosiy maqsad yuqori texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakatimiz farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro innovatsion tizimga integratsiyalashish, yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarish, malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu keng ko‘lamli maqsadlardan kelib chiqib, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan 190 gektar yer maydoni ajratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Voida Labo avtomashinasiga o'rnatilgan gaz balon portladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:23

    'Tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan soliq boshqarmasi boshlig'iga hukm o'qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:12

    Tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan soliq boshqarmasi boshlig'iga hukm o'qildi

    Erkak ayolga toʻxtamay shaxsiy xabarlar joʻnatib, goʻyoki uning ahvolidan xavotirlanganday "kechki choy uchrashuvlar"ga taklif qilgan.

    'Davlat raqami belgisini o‘rniga ismini yozib olgan fuqaroga chora ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:25

    Davlat raqami belgisini o‘rniga ismini yozib olgan fuqaroga chora ko‘rildi

    Haydovchi davlat raqam belgisi o‘rniga 20 FARRUX belgisini taqib harakatlangan.

    'Umra ziyoratidan qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbeklar aviachiptasiz qolib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:10

    Umra ziyoratidan qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbeklar aviachiptasiz qolib ketdi

    Ziyoratchilarning aksariyatini keksalar va ayollar tashkil qilgan.

    'O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:46

    O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushdi

    Ijtimoiy nafaqalar, bolalar uchun moddiy yordam va pensiyalar qashshoqlikni kamaytirishda muhim omil bo‘lgan.

    'Metroda qizlarga tagajjuz qilgan erkak kechirim so'radi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:14

    Metroda qizlarga tagajjuz qilgan erkak kechirim so'radi

    Buning uchun unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllandi.