O‘zbekiston televedeniyesi faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Mirabbos Mirzaahmedov vafot etdi. "Uzoq yillar televedeniye – media olamida samarali ijod qilgan bu inson haqiqiy ustoz edi! Umrining so‘nggigacha ijod qildi! Alloh rahmat qilsin!" deb yozgan u. Ma’lumot uchun, Mirabbos Mirzaahmedov uzoq yillar davomida "Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi" ko‘rsatuviga mualliflik qilib kelgan. U, shuningdek, qator filmlarda ham ishlagan. Jumladan, "Yuzsiz kelin", "Kim aybdor", filmlarida va "Bahor qaytmaydi" film-spektaklida rejissyor sifatida ishlagan. Shuningdek, "Arosat" filmida rol ijro etgan.






