AsosiyJamiyat

O'zbekistonning ko'p shaharlarida havo ifloslanishi keskin oshdi

IQAir ma'lumotlariga ko'ra, mamlekat bo'ylab havo sifati xavfli darajagacha pasaygan.

'O'zbekistonning ko'p shaharlarida havo ifloslanishi keskin oshdi'ning rasmi

Ayrim hududlarda AQI ko‘rsatkichlari me’yordan bir necha barobar yuqori qayd etilmoqda. O‘zbekistonning bir qator shaharlarida havo ifloslanishi keskin ortib, aholi salomatligi uchun jiddiy xavf yuzaga keldi.

Eng og‘ir vaziyat Farg‘onada kuzatilmoqda — bu yerda Air Quality Index (AQI) 603 bo‘lib, eng xavfli daraja sifatida baholandi.

Urganchda AQI 294, Jizzaxda 274, Buxoroda 235 qayd etildi — juda zararli ko‘rsatkichlar. Termiz (174), Andijon (200) va Namanganda (166) havo sifati zararli darajada bo‘lib turibdi. Shuningdek, Nukus va Navoiyda ham ko‘rsatkichlar xavfli chegaradan yuqori ekani aytiladi.

Mutaxassislar aholini tibbiy niqoblardan foydalanish, tashqi faollikni cheklash va yopiq binolarda ventilyatsiyani kuchaytirishga chaqirmoqda.

    Boshqa yangiliklar