Al Ain Cup finalida Eron bilan 0:0 hisobidagi durang va penaltilarda (4:3) qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin Fabio Kannavaro matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning ta'kidlashicha, o‘yin juda og‘ir o‘tgan: “Eronga qarshi hech qachon bo‘shashib bo‘lmaydi. Birinchi taymda o‘yinni nazorat qildik, yaxshi imkoniyatlar yaratdik, ammo gol urolmadik. Qizil kartadan keyin vaziyat qiyinlashdi, lekin futbolchilarim mental jihatdan qattiq turishdi va raqibga imkoniyat bermadik”, — dedi murabbiy.
Kannavaro jamoadagi muhit va o‘yinchilarning tafakkuridan mamnunligini aytib o‘tdi: Oma-dim bor, aqlli o‘yinchilarga egaman. Mashg‘ulotlardan zavq olyapman. Jahon chempionatigacha vaqt ko‘p emas, lekin jismoniy jihatdan yanada kuchli bo‘lishimiz shart”.
Murabbiy, shuningdek, terma jamoada kelgan nutritsiolog haqida ham to‘xtaldi: “U bizga yordam beradi, lekin g‘alaba faqat uning kelgani bilan bog‘liq emas”.
Penaltilar mashg‘uloti haqida: “Penalti ustidan ishladik, qaysi o‘yinchi yaxshi tepishini anikladim. Bugun bundan foyda bo‘ldi”.
Futbolchi Oston O‘runov haqida ham fikr bildirdi: “Uning salohiyati yuqori, ammo 45 daqiqadan keyin muammo paydo bo‘layapti. Barqaror o‘yin kutayman”.
Kannavaro yanvarda mahalliy futbolchilar ishtirokida yig‘in o‘tkazilishini, yoshlarga katta e‘tibor qaratilishini ma’lum qildi.






