AsosiyJamiyat

Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste'molchidan asossiz olingan 230 million so'mni qaytarishi belgilandi

Raqobat qoʻmitasi qonunbuzilishlar aniqlangach, majburiy koʻrsatmalar berdi.

'Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste'molchidan asossiz olingan 230 million so'mni qaytarishi belgilandi'ning rasmi

Raqobat qoʻmitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tibbiyot muassasalarida pullik xizmatlarni koʻrsatish tartibi yuzasidan oʻrganish oʻtkazib, bir qator qonunbuzilishlarni anıqladi.

2023–2024 yillar va 2025 yil 1 iyuligacha boʻlgan davrni qamragan tekshiruvlar davomida Yangibozor va Gurlan tuman tibbiyot birlashmalarida asossiz haq olish holatlari qayd etildi.

Maʼlum boʻlishicha:

Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi 39 mingga yaqin isteʼmolchiga 2 mlrd soʻmga yaqin xizmat koʻrsatgan;

Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi esa 120 mingga yaqin bemorga deyarli 3 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatgan.

Oʻrganishlar davomida xizmat narxlariga qoʻshimcha soliqlar qoʻshilgani, shuningdek, bemorlar real foydalanmagan dori-darmon va tibbiy buyumlar narxlari ham umumiy hisobga kiritib yuborilgani aniqlandi. Bu orqali 160 mingga yaqin isteʼmolchidan 230 million soʻmdan ortiq ortiqcha mablagʻ undirilgan.

Hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan ikki tuman tibbiyot birlashmalariga nisbatan ish qoʻzgatilib, ularga:

asossiz undirilgan mablagʻlarni isteʼmolchilarga qaytarish;

kelgusida qonun talablariga qatʼiy rioya qilish boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berildi.

    Boshqa yangiliklar