AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Turkiya kurortida sodir bo‘lgan yong‘in munosabati bilan Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi

Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan.

'Shavkat Mirziyoyev Turkiya kurortida sodir bo‘lgan yong‘in munosabati bilan Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi'ning rasmi

Turkiyaning Bolu muzofotidagi tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi. 

Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

    Boshqa yangiliklar