AsosiySUG'DIYONA

Shokolad haqida haqiqatlar...

Shokolad – ortiqcha vazn sababchisimi?

Qisman haqiqat. Shokolad — haqiqatan ham yuqori kaloriyali egulik. Lekin uning kaloriyalari asosini faqat sut va glyukoza tashkil etadi. Shokoladning uglevodlari engil hazm bo`lgani bois, tez sarflanadi. Muhimi ko`p emaslik!

Quvvat manbai

Haqiqat! Shokoladning asosiy qismini tashkil etadigan qand va yog` moddasi organizmga kerakli miqdorda quvvat baxsh etadi. Asab tizimi va mushaklar harakatining salomatligi uchun shirinlik tarkibidagi magniy hamda kalsiy javobgar. Shuning uchun shokolad bolalar va sport bilan shug`ullanuvchilar uchun juda foydalidir.

Kofein moddasi ko`p

Balki... Aslida, esa bitta o`ram shokoladda bor yo`g`i 30 mg. kofein mavjud bo`lar ekan. Bir finjon qahvada esa naq 180 mg. kofein bor. 

Yurak qon-tomirlariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi

To`g`ri. Kardiologlar kakao donlarida yurak qon-tomir tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan polifenol moddasi borligini aniqlashgan. Ular qonning yaxshi aylanishini ta`minlashi natijasida yurakka kamroq og`irlik tushishiga sabab bo`ladi. Shifokorlar shokoladning faqatgina oliy navini tanlashni tavsiya etishadi.

Tishlar uchun koni zarar

Bunday emas. Chunki kakao tish emali zararlanishiga to`sqinlik qiladi. Shokolad tarkibidagi kakao moyi tishlarda himoya qobig`ini hosil qiladi.

Unga o`rganib qolish mumkin

Yo`q! Shokolad tarkibida kofein moddasi juda oz miqdorda. O`rganish hissini paydo qiladigan teobromin moddasi ham unchalik ko`p emas. Agar bir kunda 400-500 gr. shokolad eyilsa, unda o`rganish hissi paydo bo`lishi aniq. Sarxushlik holati yuzaga kelishi uchun esa kamida 55 o`ram shokalad eyish lozim bo`ladi.

Qiyin hazm bo`ladi

Noto`g`ri. Sifatli shokolad hech qachon hazm qilish jarayonida muammo tug`dirmaydi. Aksincha, u hazmni tezlashtiradi va ichaklarning mushaklari qisqarishiga ta`sir ko`rsatadi. Shokolad iste`mol qilinganidan so`ng bir soat o`tiboq, hazm bo`ladi.

Boshqa yangiliklar