Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, italiyalik mutaxassis og'zaki ravishda 2026-yilgi Jahon Chempionati doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lishga rozilik bildirgan. Shartnoma bandlari yuzasidan kelishuvga erishilgan bo'lib, rasmiy hujjatlar 24–48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.
Avvalroq boshqa bir insayder Nikolo Skira Kannavaro murabbiylar shtabida assistent sifatida Chichcho Troize, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida esa Eujenio Albarella faoliyat yuritishi mumkinligini va uning rasmiy debyuti 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvida amalga oshishini xabar bergan edi.
Ma'lumot uchun, Kannavaroning so'nggi ish joyi Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" klubi bo'lib, u 2025 yil 9 aprel kuni jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli lavozimidan ozod etilgan.