AsosiySUG'DIYONA

«Kabobmisan kabob» - tovuq go`shtidan ajoyib taklif!

Zarur masalliqlar: 1 kg. tovuq go`shti (suyaksiz), 2 osh qoshiqdan  soya sousi va pomidor tomati, 1 osh qoshiqdan achchiq qalampir, tuz, zira,  yarim bog` shivit. Garnir uchun: 2 ta kartoshka, 1 stakan guruch.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini o`rtacha kattalikdagi to`rtburchak shaklida kesib, soya sousi, tuz, zira va qalampir bilan marinadlang.

2. Alohida idishda pomidor tomatini 1 stakan qaynatilgan suv va to`g`ralgan shivit bilan aralashtiring.

3. Marinadlangan go`shtni kabob cho`pchasiga terib chiqing. So`ngra toblama idishiga joylang. Ustidan tomatli aralashmani quyib, 160 daraja issiq haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Taom 30 daqiqada tayyor bo`ladi.

4. Garnir uchun kartoshkani qovuring, guruchni esa dimlang. Kabob pishgach, likopcha yarmiga garnirni, yarmiga esa kabobni joylab, dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa

 

Boshqa yangiliklar