AsosiyJamiyat

Navoiyda 20 yoshli qizni urib, telefonini olib qochgan bosqinchi hibsga olindi

Navoiy shahar IIBga Karmana tumanida yashovchi 20 yoshli ayol murojaat qilib, noma`lum shaxs "Kimyogarlar" o`yingohining orqasida uni urib, jarohat etkazib Samsung rusumli qo`l telefonini olib ketganligini ma`lum qiladi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Shahar ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida gumonlanuvchi "issiq izida" qo`lga olindi va ushbu jinoyat to`liq fosh etildi. Aniqlanishicha, mazkur bosqinchilikni Nurota tumanida yashovchi fuqaro sodir etgan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar