O`zbek shifokorlarining Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari bilan birgalikda olib borgan tadqiqotlari natijasida O`zbekistonda osh tuzi iste`moli darajasi me`yoridan yuqori ekani aniqlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
2015 yil noyabr-dekabr oylarida o`tkazilgan tadqiqotdan ko`zlangan maqsad O`zbekiston aholisi o`rtasida tuz iste`mol qilish darajasini o`rganish, shuningdek, uni qisqartirish bo`yicha vazifalarni belgilab olishdan iborat edi. Mazkur izlanish natijalari dushanba kuni Toshkentda bo`lib o`tgan davra suhbatida ma`lum qilindi.
Natriyning asosiy manbalarini tahlil qilish va ularni belgilab olish uchun tadqiqot bazasi sifatida 2014 yilda noinfeksion kasalliklar xavfi omillarining tarqalganligini aniqlash bo`yicha o`tkazilgan milliy izlanish tanlab olindi. Tahlillar mamlakat katta yoshli aholisining 37 foizi me`yoridan ortiqcha tuz iste`mol qilishini ko`rsatdi. 16,4 foiz katta yoshlilar esa jismoniy faollikning past natijasini qayd etgan. Buning oqibatida 20,2 foiz katta yoshli aholi ortiqcha vaznga ega, 33,9 foizi — arterial qon bosimining yuqoriligidan aziyat chekadi.
Yangi tadqiqotning asosiy vazifalari O`zbekistonning 18−64 yoshdagi aholisi tomonidan iste`mol qilinayotgan osh tuzining o`rtacha miqdorini baholash, iste`molni jins, yosh va «shahar-qishloq» kesimida toifalash hamda mazkur darajani kamaytirish bo`yicha choralarni ishlab chiqish hamda tadbiq etish uchun ma`lumotlar yig`ishdan iborat.
Ma`lumotlarni yig`ish ishlari respublikaning besh hududida olib borildi. Izlanishlarning ko`rsatishicha, katta yoshli aholi o`rtasida tuz iste`molining o`rtacha ko`rsatkichi kuniga 14,9 gramni tashkil etdi. 46,5 foiz aholi o`rtasida iste`molning yuqori darajasi (kuniga 15 g dan ko`p), 53,2 foizida o`rtacha (7,5−15 g) va 0,3 foizida past (7,5 g dan kam) natija qayd etildi. Bunda JSSTning tavsiya etgan miqdori kuniga 5 g dan kamroqni tashkil etadi.
Tadqiqot natijasida tuz iste`moli yosh va geografik muhitga ham bog`liq ekanini ko`rsatdi. Qoraqalpog`iston aholisi kuniga 18,5 g tuz iste`mol qiladi, Farg`ona vodiysida 16,9 g. Buxoroda esa yana ham kamroq — 15,9 g. Toshkent va Andijon viloyatlarida esa bu ko`rsatkichning mos ravishda 12,6 va 12,5 g ekani aniqlandi. Shahar va qishloq aholisi o`rtasida tuz iste`moli o`rtasida farq aniqlanmagan.
Organizmga tushadigan tuzning ehtimoliy manbalariga ham oydinlik kiritildi. Ular — ichimlik suvi, mahsulotlardagi tabiiy natriy, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, ovqatlarga solinadigan tuz hamda dori vositalari.
Evroosiyo mamlakatlari o`rtasida Turkiya aholi soniga tuz iste`moli bo`yicha etakchilik qiladi (kuniga 18 g), o`zbekistonliklar esa o`z ko`rsatkichlari bilan Vengriya va Xorvatiya aholisidan keyingi o`rinni egalladi.
O`zbekistonda tuz iste`molining yillik iste`moli 130 ming tonnani tashkil etadi. Mamlakatda mazkur mahsulotning 70 ta ishlab chiqaruvchi 163 ta tayyorlov maydonida faoliyat ko`rsatmoqda.
Tuzni me`yoridan ortiq iste`mol qilish qon bosimining ortishiga olib keladi. Bu esa, o`z navbatida, yurak xastaliklari va insult xavfini oshiradi.
Tuzning ovqatlanish rasionidagi ahamiyatini qayd etgan holda, JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi «Ovqatlanish, harakat faolligi va semizlik» dasturi rahbari doktor Joao Breda shunday dedi: «tuzni me`yoridan ortiq iste`mol qilish alkogol va tamaki iste`moli bilan bir qatorda xavflarni keltirib chiqaruvchi omil hisoblanadi».
JSST tavsiyasiga ko`ra, 2025 yilga borib O`zbekistonning katta yoshli aholisi o`rtasida tuz iste`molining o`rtacha darajasi 2015 yildagi 14,9 gramdan kuniga 10,4 gramgacha qisqarishi lozim.
24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...22.06.2022, 15:14
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...02.06.2022, 11:41
Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O`zbekistondan tranzit yuk jo`natdi. Ma`lum qilinishicha, avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga etkazilib, so`ngra Hindistonga yo`l oldi.Qayd etilishicha,...