AsosiyJamiyat

O‘zbekiston fevral oyida dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi

Keyingi o‘rinda zaxiralarini 8 tonnaga kamaytirgan Qozog‘iston qayd etildi.

'O‘zbekiston fevral oyida dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi'ning rasmi

Fevral oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) sharhida deyiladi. 

Qishning so‘nggi oyida jahon markaziy banklari rasmiy oltin zaxiralarini 24 tonnaga oshirdi. Asosiy talabni rivojlanayotgan mamlakatlar — Polsha (+29 tonna), Xitoy (+5 tonna), Turkiya (+3 tonna), Iordaniya (+3 tonna), Qatar (+2 tonna) va Chexiya (+2 tonna) markaziy banklari ta’minladi.

Buning fonida O‘zbekiston va Qozog‘iston eng yirik sotuvchilar qatoriga kirdi. O‘zbekiston zaxiralarni 12 tonnaga, Qozog‘iston 8 tonnaga kamaytirdi.

Yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, har ikki Markaziy bank 2025 yilda sof savdo hajmi bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda — yil boshidan buyon 4 tonnadan.

    Boshqa yangiliklar