AsosiyJamiyat

Virtual platformalar psixotrop moddalar savdosi makoniga aylanmoqda(mi)?

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 12-15 yoshdagi bolalarning 25 foizdan ortig‘i giyohvand (psixologik faol yoki sintetik) moddalarni tatib ko‘rgan yoki iste’mol qilish tajribasiga ega.

'Virtual platformalar psixotrop moddalar savdosi makoniga aylanmoqda(mi)?'ning rasmi

Dastavval eslatish joiz bo‘lsa, o‘tgan yili Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar iste’molining oldini olishga qaratilgan jamoatchilik eshituvi o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda tobora global muammo sifatida dolzarblashib borayotgan yoshlar, xususan, o‘smirlar o‘rtasida giyohvand, psixotrop faol moddalar iste’moli va savdosi, g‘araz niyatli, nopok kimsalarning bunday qabih ishlarga yoshlarni jalb qilish yoki ulardan foydalanayotgani masalalari, buning oldini olish choralari atroflicha muhokama qilingan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 12-15 yoshdagi bolalarning 25 foizdan ortig‘i giyohvand (psixologik faol yoki sintetik) moddalarni tatib ko‘rgan yoki iste’mol qilish tajribasiga ega.

Ba’zi mamlakatlarda o‘g‘il bolalarning 56 foizi va qizlarning 20 foizi giyohvandlik vositalari yoki toksikomaniya moddalarini hech bo‘lmaganda bir marta tatib ko‘rgan, shuningdek, o‘g‘il bolalarning 45 foizi va qizlarning 18 foizi ularni iste’mol qilishda davom etmoqda.

Manbalarga ko‘ra, respublikamizda “Tropikamid”, “Pregabalin” (“Lirika”, “Regapen” va “Lipre”), “Zaleplon” (“Selofen”) kabi kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar va tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan “Tramadol” dori vositalari savdosi va iste’moli tarqalgani qayd etilgan edi.

Qayd etish kerakki, bugun onlayn savdo rivojlangan holda, iqtisodiy faollik yangi bosqichga chiqib, raqamli bozorning kengayishiga kuchli turtki bermoqda. Shuning uchun ham aksariyat savdo-sotiq Internet orqali amalga oshirilmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, ko‘cha-ko‘yda, ta’lim muassasalari va dorixonalarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdo-sotig‘i ham Internet, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi. To‘g‘rirog‘i, onlayn platformalar bu boradagi noqonuniy savdo uchun qulay axborot maydoniga aylanib bormoqda.

Amaldagi qator qonun hujjatlariga ko‘ra, mamlakatimizda psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish taqiqlangan. Shunday bo‘lsa-da, bugungi kunda Internet tarmog‘ida bunday ma’lumotlarga deyarli har kuni duch kelamiz. Eng achinarlisi, monitoring jarayoni ushbu turdagi taqiqlangan axborotlarni tarqatish yildan-yilga ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda.

2023 yili “Telegram” messenjeri va ijtimoiy tarmoqlarda narkotiklar, psixotrop moddalar va prekursorlar reklamasi/tarqatish bilan bog‘liq holatlar 200 dan oshmagan bo‘lsa-da, 2024 yil yakunlariga kelib bu ko‘rsatkich 18393 tani tashkil etgan.

Jamoatchilik ham ushbu muammoga befarq emas. Misol uchun, AOKA va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ochilgan “Telegram” messenjeridagi @stopnarko_bot’ga foydalanuvchilardan 2024 yil mobaynida 2484 ta fotoli, 128 ta videoli, 54 ta faylli, 4 ta audioli, 829 ta linkli, 17 ta ovozli, 13 ta GIFli xabarnomalar kelib tushgan.

O‘z navbatida, ichki ishlar organlari bu borada aniqlangan holatlarni qonun doirasida ko‘rib chiqib, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish, AOKA esa ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyatlari bilan hamkorlikda onlayn platformalar va sahifalar orqali noqonuniy kontentning tarqatilishini cheklash choralarini ko‘rmoqda.

Yuqoridagi raqamlar esa mazkur yo‘nalishdagi ishlarimizni yanada kuchaytirishni taqazo etmoqda. Buning uchun, eng avvalo, huquqiy asosni mustahkamlashimiz, yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilishimiz kerak. Chunki “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilinganiga ham salkam yetti yil bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida Internet va ijtimoiy tarmoqlar, umuman, raqamlashtirish sohasi sezilarli rivojlandi. Xulosa shuki, qonunchilikka ham mos ravishda yangilanish va o‘zgartirishlar kiritish zamon talabidir.

Ma’murjon PARPIYEV,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02