Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida sudya ichib, mast holatda mashina olib qochgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati darakchi.uz so‘roviga binoan javob berdi.
Ma’lum qilinishicha, sudyalar odobi kodeksi talablaridan kelib chiqib, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasining (xizmatdan tashqari vaqtdagi) xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlardagi shu mavzuga doir xabarlarda tilga olinayotgan holatlarga xizmat tekshiruvi jarayonida aniqlik kiritiladi va yakuni bo‘yicha lozim choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.