O‘zgidromet 28-30 aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq, 29 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq, 30 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 29 aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq, 30 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja, 29 aprelda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 30 aprelda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoviloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 29 aprelda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 30 aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onaviloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 29 aprelda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 30 aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 29 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja issiq, 30 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.